“Mening bogʻim”ga ovoz berish yakunlanib, gʻoliblar aniqlandi

16:16 18 Iyul 2024 Jamiyat
111 0

Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimizda “Mening bogʻim” loyihasi doirasida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish tashkil etildi. Unda gʻolib topilgan “yashil bogʻ” va “yashil jamoat park”lari har bir loyihasi uchun yer maydoni ajratish belgilangan. Kuni kecha ovoz berish jarayonlari yakunlandi.

— 14 ta shahar va tumanimiz hududlaridan 36 gektar yer maydonida 73 ta “Yashil bogʻlar” yaratish loyihasi portalga joylashtirildi, — deydi Namangan viloyat ekologiya boshqarmasi boʻlim boshligʻi Samandar Eraliyev. — Toʻplangan ovozlar hisobidan hududlardan bittadan gʻolib tanlab olindi. Ushbu loyihalarning har biriga vazirlik tomonidan 250 million soʻmdan mablagʻ ajratiladi. Ayni vaqtda hokimliklar bilan kelishilgan holda “Yashil makon” loyihasi kuzgi mavsumida koʻchatlar ekish boʻyicha rejali ishlarni amalga oshirishga kirishildi.

Atrof-muhit musaffoligini taʼminlaydigan yashil maydonlarni kengaytirishda “Mening bogʻim” loyihasi muhim qadam boʻldi. Ayni yoʻnalishdagi loyihalarning jamoatchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi xalqimizning ezgu maqsad yoʻlidagi xayrixohligini yanada kuchaytiradi. Yangiqoʻrgʻon tumanidagi Radivon, Norin tumanidagi Qoratepa, Kosonsoy tumanidagi Qorasuv mahallalari ahli bu muhim tadbirda yakdillik koʻrsatib, birinchilar qatorida eng koʻp ovozni toʻpladi.

Maʼlumot uchun, respublika boʻyicha ovoz berish yakunlari koʻra, 215 ta loyiha gʻolib boʻlib, ularni moliyalashtirishga 48,6 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер