Mehmonxona, muzey, transport va yoʻllar, servis, ovqatlanish joylari kelayotgan turistlarni qabul qilishga tayyormi — Prezident turizm salohiyatiga toʻsqinlik qilayotgan kamchiliklarni sanab oʻtdi
Foto: president.uz
Prezident raisligida turizm xizmatlari koʻlamini kengaytirish va infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Dunyoda pandemiya cheklovlari yumshayotgani natijasida turizm industriyasi tiklanishni boshlayotgani qayd etildi.
Joriy yil birinchi choragida yurtimizga xorijdan 610 ming nafar yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 baravar koʻp turistlar keldi. May oyida hamkor davlatlardan sayyohlarning 20 foizi mamlakatimizga kelishi kutilmoqda (ilgari bu raqam 2-3 foiz boʻlgan).
«Lekin, har bir hokim hududimda tarixiy obidalar yoki manzarali joylar koʻp, deb xotirjamlikka berilmasligi kerak.
Mehmonxona, muzey, transport va yoʻllar, servis, ovqatlanish joylari kelayotgan turistlarni qabul qilishga tayyormi? Buning uchun qaysi hokim tayyorgarlik qildi?», deya savol qoʻydi davlatimiz rahbari.
Prezident yurtimiz turizm salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarishga toʻsqinlik qilayotgan kamchiliklarni sanab oʻtdi.
Misol uchun, Qoraqalpogʻiston, Andijon, Qashqadaryoda mavjud mehmonxona oʻrinlari talabga nisbatan ancha kam.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring