MDH a’zolari soni ko’payishi mumkinmi?
MDHning kengayiishi nazariy jihatdan mumkin, lekin bu masala hozir kun tartibida emas. MDH Ijroiya qo’mitasi raisi – Ijrochi kotibi, kecha 70 yoshga to’lgan Sergey Lebedev “TASS” axborot agentligiga bergan intervyusida shular haqida to’xtalib o’tdi.
“Nazariy jihatdan bu, albatta, MDHga a’zo barcha davlatlar roziligi bilan amalga oshishi mumkin, - dedi u Gruziyaning Hamdo’stlikka qaytishi hisobiga uning a’zolari soni ko’payishi mumkinligi to’g’risidagi savolga. – Lekin bugun bu masala kun tartibida turmayapti”.
Lebedev Hamdo’stlikning alohida mintaqalaridagi mamlakatlar o’rtasida hamkorlikning rivojlanishida MDH o’zi uchun xatar ko’rmayotganini ta’kidladi.
“Integratsiya – ko’p qirrali va ko’p vektorli jarayon. Jahon amaliyoti shuni ko’rsatmoqdaki, ko’plab davlatlar, aytaylik, bitta emas, ikkita va hatto bir nechta erkin savdo zonalarida ishtirok etmoqda”, - degandi u 15 mart kuni Ostonada bo’lib o’tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvida.
Sergey Lebedevning ta’kidlashicha, Hamdo’stlik yuqori darajadagi doimiy va ochiq muloqot uchun noyob maydondir va bu murakkab masalalarni tezkorlik bilan echish imkonini beradi.
“Hamdo’stlik mamlakatlari prezidentlari tashkilotning zarur ekanligini va nafaqat uni saqlab qolish, balki yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish lozimligini bir necha bor tasdiqlashgan”, - dedi u.
Eslatib o’tamiz, MDH Ijroiya qo’mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev yaqinda O’zbekistonning “Do’stlik” ordeni bilan mukofotlangan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring