Mbappe dublga erishgan oʻyinda “Real” gʻalaba qozondi
Kecha, 1-noyabr kuni Ispaniya La Ligasining 11-tur oʻyinlari start oldi. Tur doirasida oʻrin olgan bahsda “Real Madrid” oʻz maydonida “Valensiya”ni qabul qildi.
Uchrashuvda hisob 19-daqiqada penaltidan ochildi. Kilian Mbappe 11 metrlik nuqtadan aniq zarba yoʻlladi. Oradan 12 daqiqa oʻtib, fransiyalik futbolchining oʻzi hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Birinchi boʻlim soʻnggida Jud Bellingem “Real Madrid”ning uchinchi golini kiritdi. Birinchi boʻlim 3:0 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 82-daqiqasida Alvaro Karreras hisobni 4:0 koʻrinishiga keltirdi. Uchrashuv aynan shu hisob bilan yakunlandi.
Oʻyindan soʻng, “Sofascore” portali toʻrtinchi gol muallifi Alvaro Karrerasni oʻyin qahramoni deb topdi. Ispaniyalik futbolchining harakatlari portal tomonidan 8,4 ballga baholandi.
Maʼlumot uchun, “Real Madrid” keyingi oʻyinini 5-noyabr kuni “Liverpul”ga qarshi oʻtkazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring