“Mavsum boshlandi”. Ikki hududda OTM oʻqituvchilari pora bilan ushlandi

Foto: DXX
Toshkent va Fargʻona shaharlarida OTMga noqonuniy oʻqishga kiritish holatlari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, DXXning Toshkent shahar boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining kafedra oʻqituvchisi oʻzining mansabdor tanishlari orqali poytaxtlik fuqaroni mazkur oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Boshqa holatda esa Fargʻona davlat universitetining kafedra oʻqituvchisi oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, yuqori lavozimda ishlovchi hamkasblari orqali Fargʻona shahrida yashovchi fuqaroni boks boʻyicha darajali unvoni mavjudligi haqida hujjat tayyorlab, mazkur universitetning harbiy taʼlim fakultetiga oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 3,8 ming dollar olgan vaqtida DXX va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur oʻqituvchilarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring