Maurisio Pochettino «Manchester Yunayted»ga oʻtsa, jamoa PSJga 12 million yevro tovon puli toʻlashi mumkin
Foto: AP
Argentinalik mutaxassis Maurisio Pochettino Angliyaning «Manchester Yunayted» futbol klubiga oʻtsa, jamoa PSJ (Fransiya)ga 12 million yevro toʻlashi mumkin.
Maʼlumki, 21-noyabr kuni «Manchester Yunayted» Ole-Gunnar Sulsher jamoa bosh murabbiyligidan ketganini eʼlon qildi. Ayni paytda uning yordamchisi Maykl Kerrik bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Shu bilan birga jamoaga yangi bosh murabbiy ham qidirilmoqda. Ayni paytda jamoani boshqarishga PSJda bosh murabbiyi boʻlib faoliyat olib borayotgan Maurisio Pochettino nomzodi ilgari surilmoqda. Buyuk Britaniya OAV xabarlariga koʻra, argentinalik mutaxassis ingliz klubiga kelishi kutilmoqda. “The Sun” nashri xabariga koʻra, PSJ Pochettinoning transferini 12 million yevroga baholagan. Agar, Pochettino «Manchester Yunayted»ga yozda oʻtishga qaror qilsa, narx ikki barobar arzonlashadi. Argentinalik mutaxassisning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilgacha moʻljallangan.
Maurisio Pochettino 49 yoshda va 2021-yilning yanvaridan beri PSJni boshqarib kelmoqda. Uning qoʻl ostida Parij klubi Fransiya kubogi va Superkubogini qoʻlga kiritdi. Bungacha Pochettino Ispaniyaning «Espanyol», Angliyaning “Sautgempton” va «Tottenxem» klublarida bosh murabbiy sifatida ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring