Matonatli sportchilarga davlat mukofotlari topshirildi — Fotoreportaj

17:24 14 Sentyabr 2024 Sport
1034 0

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 sentyabr kuni XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashdi.

Tadbirda Milliy Paralimpiya qo‘mitasi va sport federatsiyalari rahbarlari, murabbiylar, sportchilarning ota-onalari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 12 sentyabrdagi farmoniga muvofiq, Parij shahrida bo‘lib o‘tgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida yuksak natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhi faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.

Tadbirda ana shu yuksak mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Foto: Xasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер