“Matbuot uyi” xususiy investorga berilgani rostmi?
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi “Matbuot uyi” xususiy investorga berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bunga Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rasmiy munosabat bildirdi.
Prezident qaroriga asosan, ushbu bino va inshootlar Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (OʻzA)ning operativ boshqaruviga berilgan. Hujjatga koʻra, mazkur hududda zamonaviy “Media shaharcha” tashkil etilishi belgilangan.
Shuningdek, hozirda binoda demontaj ishlari yakunlangan boʻlib, qurilish va montaj ishlari uchun loyiha-smeta hujjatlari tayyorlangan.
Xabarda binolar sotilishi haqida maʼlumotlar haqiqatga mos kelmasligi va “Matbuot uyi” hamon OʻzA balansida ekani taʼkidlangan.
Rejaga koʻra, yaqin vaqt ichida bino toʻliq rekonstruksiya qilinib, barcha davriy bosma nashrlar tahririyatlari “Media shaharcha”ga joylashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring