Mashina ustida mushakbozlik qilgan bloger 7 sutkaga qamaldi
Videodan kadr
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida avtomobil tomiga chiqib, salyut uchirgan 21 yoshli fuqaro 7 sutkaga qamaldi. Bu haqda viloyat IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 3-avgust kuni 21 yoshli shaxs Yuqori Chirchiq tumani hududidan oʻtgan avtomobil yoʻlida oʻz hayotini xavf ostiga qoʻygan holda, harakatlanib ketayotgan mashina ustida pirotexnika vositalaridan foydalangan va bu holat aks etgan videolarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga joylashtirgan.
Tezkor-surishtiruv tadbirlari natijasida haydovchi va qoidabuzar shaxs aniqlandi.
Ushbu holat yuzasidan haydovchiga nisbatan yoʻlovchining hayotini xavfga qoʻygani sababli Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 12810-moddasi (yoʻl bezoriligi), yoʻlovchiga esa 183- va 1851-moddalari bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ishga doir hujjatlar Jinoyat ishlari boʻyicha Yuqori Chirchiq tuman sudiga yuborilgan.
Tuman sudining qarori bilan 2004-yilda tugʻilgan fuqaro Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari bilan aybli deb topilib, 7 sutka maʼmuriy qamoq jazosiga hukm qilingan. Shuningdek, yuqoridagi holat sodir etilgan avtomashina haydovchisiga 1-yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish va BHMning 25 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring