Mashhur “Tanka“ badiiy filmi rejissyori vafot etdi
“Tanka” badiiy filmining rejissyori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Toreniyaz Qalimbetov vafot etdi. Bu haqda “Oʻzbekkino“ matbuot xizmati “Xalq soʻzi“ga maʼlum qildi.
Qalimbetov Toreniyaz Djumabayevich, 1954-yil 19-yanvarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Chimboy tumanida, ishchi oilasida tugʻilgan, 1976-yili Toshkent madaniyat institutini rejissyor yoʻnalishi boʻyicha tamomlagan.
T.Qalimbetov “Qozoqfilm”da, Qoraqalpogʻiston Respublikasi teleradiokompaniyasida, “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasida va “Qoraqalpoqkino” agentligida rejissyorlik va turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. T.Qalimbetov rejissyor sifatida 30 ga yaqin badiiy va hujjatli filmlar yaratgan va turli kinofestivallarda munosib oʻrinlarni qoʻlga kiritgan. Rejissyorning eng mashhur filmlari qatorida 2002-yilda suratga olgan, xalqimiz sevib tomosha qiladigan “Tanka” badiiy filmini olish mumkin.
“Xalq soʻzi“ respublikamizdagi barcha kino muxlislari nomidan marhumning oila aʼzolariga chuqur taʼziya bildiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring