“Martin Iden”ni 20 soatda oʻqib chiqqan kitobxon

Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi”. Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining 10-sinf oʻquvchisi Zulhayo Mingboyeva Jek Londonnning mashhur “Martin Iden“ romanini 20 soatda oʻqib tugatdi. Oʻqish uchun tundan tushgacha boʻlgan vaqt tanlandi. Binobarin, tungi sokinlik mutolaa uchun eng qulay. Ushbu tajriba mashgʻuloti asnosida “Mutolaa zavqi kuchlimi, uyqu xumori?” degan savolga ham javob topildi. Hayratlanarlisi, kunduzi uxlamagan boʻlsa-da, ushbu durdona asardagi voqealar rivoji romanning soʻnggi nuqtasigacha Zulhayoning koʻzidan uyquni qochirdi.
— Asarni ham tez, ham yodda toʻliq qolarli darajada oʻqishim uchun menga “Pomidor” usuli qoʻl keldi, — deydi Zulhayo Mingboyeva. — Dastlab 25 daqiqada diqqatni bir joyga jamlab oʻqidim. Soʻngra toʻxtab 5 daqiqa davomida oʻqiganlarimni xayolimda oʻtkazdim. Keyin 30 daqiqa oʻqib, toʻxtadim-da, yana boyagi jarayonni takrorladim.
Mazkur ijod maktabi oʻquvchilari nihoyasiga yetgan kuzgi taʼtilda ham kitob mutolaasini kanda qilmadi.
— Yil davomida oʻquvchilarimizning kitobxonligi muntazam davom etadi, — deydi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi Mohidil Ziyayeva. — Ular maktabdan boʻshagan vaqtda, barcha taʼtillarda mutolaani toʻxtatmaydi. Eʼtiborlisi, oʻquvchilarimiz eng sara adabiyotlarni tanlab oʻqiydi. Bunda albatta, maktabimizdagi ustozlarining tavsiyalari asosiy mezon hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring