Mart oyida dunyo boʻyicha oziq-ovqat narxlari 2021-yilning mos davriga nisbatan 34 foizga oshdi

14:38 15 Aprel 2022 Siyosat
672 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Dunyoda sodir boʻlayotgan voqealar sabab jahon bozoridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻtgan asrning 80 yillaridagidan ham yuqori darajalarda oʻsayotgani taʼkidlandi.

Xususan, mart oyida dunyo boʻyicha oziq-ovqat narxlari 2021-yilning mos davriga nisbatan 34 foizga oshdi.

Ayniqsa, yil boshidan jahon bozorlarida bugʻdoy narxi – 20 foiz, makkajoʻxori – 19 foiz, ozuqa donlari – 20 foiz va oʻsimlik yogʻi – 23 foizga koʻtarildi.

Joriy yilda yogʻingarchilik hisobiga, vodiy, Toshkent viloyati va Samarqandda suv zaxirasi 20 foizga koʻpaygani bilan, Qoraqalpogʻiston, Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazmda suv taʼminoti boʻyicha qiyinchiliklar boʻladi.

Jahon bozorida mineral oʻgʻitlar va yoqilgʻi narxlari 2 baravarga oshgani, albatta, klaster, fermer va dehqonlarning yetishtirayotgan mahsulotlarining tannarxiga hamda moliyaviy ahvoliga taʼsir qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?