Marmar qazib olgan masʼullar davlat va jamiyat manfaatlariga 339 million soʻm zarar yetkazdi

11:27 05 Noyabr 2025 Jamiyat
166 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gʻozgʻon shahri boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “B.Ch.” MCHJ masʼul shaxslari Gʻozgʻon shahridagi marmar konidan qonunga xilof ravishda 862,11 metr. kub hajmdagi marmarni oʻzboshimchalik bilan qazib olgani fosh qilingan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, ushbu qonunbuzilish holati natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 339 million soʻmlik zarar yetkazilgani aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер