Marketpleys, shu jumladan, toʻlov tashkilotlariga elektron fiskal cheklardagi xatolarni tuzatish imkoniyati berildi

22:20 29 Dekabr 2022 Iqtisodiyot
750 0

Foto: Illustrativ foto

Soliq toʻlovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida, 16-dekabrdan boshlab 20 kun davomida 2022-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato shakllantirilgan elektron cheklarni tahrirlash imkoniyati berildi.

Buning uchun soliq toʻlovchi my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida «YUSH onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari» sahifasidan «Marketpleys cheklarini tahrirlash» boʻlimiga kiriladi. Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli va raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

Xususan, chek maʼlumotlarini tahrirlashda quyidagilarni oʻzgartirish mumkin:

— mahsulot (xizmat) summasi;

— miqdori;

— QQS summasi;

— MXIK;

— oʻlchov birligi;

— komitent STIR (komitent tasdiqlagan holatda);

— toʻlov shakli (naqd yoki terminal);

— chekning umumiy summasi.

Barcha oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng, faqat bitta fayl — tadbirkorlik subyektining holat yuzasidan batafsil tushuntirishi bayon etilgan rasmiy xati (muhrlangan firma blankida) ilova qilinishi lozim.

Tuzatish kiritish uchun yuborilgan cheklar hududiy davlat soliq boshqarmasida tuzilgan ishchi guruhi bilan kelishilgan holda tezkorlik bilan oʻrganiladi (MXIK, oʻlchov birligi avtomat tarzda qabul qilinadi).

Koʻrib chiqish natijasi ijobiy deb baholansa, chek holati “qabul qilingan”ga oʻzgaradi.

Rad etilgan taqdirda soliq organining izohiga koʻra, tuzatishlar kiritilib qayta yuborilishi lozim.

Yakunda, “Hisoblash” va “Joʻnatish” tugmasi bosiladi.

Istisno: isteʼmolchilarga xarid summasidan 1 % qaytarilgan (keshbek) cheklar tahrirlanmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер