Markaziy Osiyoda chorvachilik qiymat zanjirlari: holati, muammolari muhokama qilindi

12:59 10 Oktyabr 2025 Iqtisodiyot
161 0

Foto: «Xalq soʻzi»

Poytaxtimizda “Markaziy Osiyoda chorvachilik qiymat zanjirlari: holati, muammolari va siyosat” mavzusida mintaqaviy texnik seminar boʻlib oʻtdi. Tadbirda 50 dan ortiq ishtirokchilar — davlat idoralari, ilmiy muassasalar, xususiy sektor va xalqaro tashkilotlar vakillari chorvachilik qiymat zanjirlarining hozirgi holati, muammolari hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qildilar.

Seminar Germaniyaning Gessen shahridagi Yustus Libix nomidagi universitet huzuridagi Xalqaro taraqqiyot va atrof-muhitni tadqiq etish markazi (ZEU), BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi hamda “Iqlimga chidamli qishloq xoʻjaligi boʻyicha Germaniya – Oʻzbekiston muloqoti” tashabbusi tomonidan tashkil etildi.

Ishtirokchilar Markaziy Osiyo mamlakatlarida chorvachilik qiymat zanjirlarini rivojlantirish, kichik fermerlarning bozorga integratsiyasi, barqaror ozuqa ishlab chiqarish hamda hayvon kasalliklariga qarshi kurashda mintaqaviy hamkorlik masalalari, shuningdek, barqaror chorvachilikni rivojlantirish, mintaqaviy savdoni kuchaytirish hamda qoʻshma ilmiy tashabbuslarni kengaytirishga qaratilgan siyosiy takliflar muhokama qilindi.

Foto: «Xalq soʻzi»

Ajumanda FAO Oʻzbekistondagi vakili Maripa Kichinebatirova, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi huzuridagi Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori doktor Azamjon Nurmatov, hamda Yustus Libix universiteti professori doktor Martin Petrik soʻzga chiqib tadbirning ahamiyati xususida oʻz-fikr mulohazalarini bildirdi.

Seminarda Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan “Trans-Livestock: Tojikiston va Oʻzbekiston transchegaraviy hududlarida chorvachilikning iqtisodiy integratsiyasi” xalqaro tadqiqot loyihasining natijalari taqdim etildi. 2022 – 2025-yillar davomida amalga oshirilayotgan loyiha chorvachilik mahsulotlari savdosi, barqaror ozuqa taʼminoti, yaylovlardan oqilona foydalanish va chorvachilik tarmogʻining mintaqaviy iqtisodiyotga integratsiyasini oʻrganishga qaratilgan.

Loyihaning hamkorlari safida Tojikiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi (Xoʻjand), Oʻzbekiston Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qishloq xoʻjaligini isloh qilish va innovatsiyalar markazi (CARIS, Samarqand), hamda FAOning Markaziy Osiyo boʻyicha submintaqaviy ofisi (Olmaota, Qozogʻiston) mavjud.

Seminarda ekspertlar kichik va yirik chorvadorlarning rolini, ularning manfaatlarini bozor ishtirokchilari va davlat bilan uygʻunlashtirish yoʻllarini, davlat xizmatlarini yanada samarali qilish choralarini, shuningdek, Oʻzbekiston kelajak fermerlarini shakllantirishda bozor va hukumatning oʻrni masalasida ham fikr almashdi.

Shuningdek, chorvachilik sohasida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, “Yagona salomatlik” yondashuvi orqali pandemiyalarga tayyorgarlikni mustahkamlash va ilmiy tadqiqotlar bilan siyosat ishlab chiqish jarayonlarini bogʻlash zarurligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер