Markaziy Osiyo va Ozarbayjon ayollarining adolatga teng kirishini taʼminlash boʻyicha yuqori darajadagi uchrashuv boʻlib oʻtdi
Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi Malika Kadirxanova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida ayollar va qizlarning adolatga teng kirishini taʼminlash masalasiga bagʻishlangan yuqori darajadagi uchrashuvda ishtirok etdi.
Tadbir 2026-yilda oʻtkaziladigan Ayollar maqomi boʻyicha komissiyaning 70-sessiyasiga hududiy tayyorgarlik jarayonining muhim bosqichi boʻldi.
Uchrashuv Oʻzbekiston hukumati hamda “BMT-ayollar” tuzilmasining Yevropa va Markaziy Osiyo boʻyicha Mintaqaviy ofisi hamkorligida tashkil etilib, unda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston delegatsiyalari ishtirok etdi.
Uchrashuvda senator mamlakatimizda ayollar va qizlarning adolatga kirish imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar, ilgʻor tajriba va natijalar haqida maʼlumot berdi.
Tadbir ishtirokchilari ayollar va qizlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, adolatga murojaat qilishdagi mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish, diskriminatsiyaga qarshi samarali mexanizmlarni joriy etish, zoʻravonlikdan jabrlanganlarga koʻmak koʻrsatish tizimini takomillashtirish masalalarini atroflicha muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida ishtirokchi mamlakatlar ayollar va qizlar uchun adolatga teng imkoniyatlarni taʼminlash borasida oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashga sodiqligini tasdiqlovchi Qoʻshma bayonot qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring