Prezidentimiz kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha 3-yil oldin olingan marra muddatidan oldin bajarilganini aytdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida aholi farovonligi va biznesni oʻstirishga xizmat qiladigan infratuzilmani yanada yaxshilash boʻyicha ham 2025-yil katta oʻzgarishlar yili boʻlgani alohida qayd etildi.
Xususan, energetika sohasida tub burilish yasalgani hisobiga elektr ishlab chiqarish hajmi 85 milliard kilovatt-soatga yetkazildi.
Bu yil 188 ta mahalladagi 715 ming aholi yashaydigan xonadonlarga birinchi marta toza ichimlik suvi kirib bordi, yana 2 million 300 mingga yaqin aholining suv taʼminoti yaxshilandi. Yoki 867 ta “ogʻir” mahalladagi 470 mingta xonadonga tomorqalarni sugʻorish uchun ilk bor suv yetib bordi.
Joriy yilda aholiga 8 million 100 ming kvadrat metr koʻp qavatli uylar topshirilmoqda, odamlarning oʻzi ham yashash sharoitini yaxshilash uchun 19 million kvadrat metr maydonda qurilish qildi.
Biznes vakillari tomonidan 24 million kvadrat metr noturar joy obyektlari barpo etildi.
Umuman, soʻnggi toʻqqiz yilda 210 million kvadrat metrli turar joy va noturar joy obyektlari foydalanishga topshirildi.
Joriy yilda 5 million aholi daromadli boʻlib, ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tushdi. Qariyb 1,5 million ehtiyojmand aholi kambagʻallikdan chiqdi, ilk bor 1 ming 435 ta mahalla “kambagʻallikdan xoli” hududga aylandi.
Kambagʻal oilalarga mansub 168 ming nafar bola davlat bogʻchalariga imtiyozli asosda qabul qilindi. Bu yildan boshlab 208 ta bogʻchada birinchi marta inklyuziv taʼlim tizimi joriy etildi.
Yurtimizda kambagʻallik darajasi yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga tushdi.
“Bu ishlarni boshlaganimizda aholining uchdan bir qismi kambagʻallik chegarasida yashardi.
Kredit, subsidiya, kompensatsiya kabi 100 dan ziyod xizmatlar orqali ijtimoiy himoyaning mutlaqo yangi tizimini yoʻlga qoʻyganimiz va bularni mahalladagi “yettilik”ning oʻziga berganimiz natijasida 8,5 milliondan ziyod odam kambagʻallikdan chiqdi, ishsizlik 2 karra qisqardi.
Natijada uch yil oldin kambagʻallikni 2026-yil yakuni bilan 2 karra qisqartirish boʻyicha olgan marramizni shu yilning oʻzida uddaladik”, dedi Prezidentimiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring