Margʻilondagi tarixiy masjid nega buzilmoqda?
Foto: Botir Madiyorov / Xalq so'zi
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Margʻilon shahridagi “Xoʻja Porso” masjidining tarixiy binosi buzilib, oʻrniga yangi inshoot barpo etilayotgani bilan bogʻliq tanqidiy ruhdagi xabarlar tarqaldi.
Fargʻona viloyati hokimligi axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, oʻrganish ishlari natijasida 1918-yilda qurilgan ushbu masjid binosi xom gʻishtdan barpo etilgani, bino devorlari yorilgani, poydevorning choʻkib ketgani kuzatilgan. Shuningdek, bino tomining ibodat paytida qulab tushish xavfi paydo boʻlgani sababli 2019-yilda binoni texnik ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha qurilish sohasida nazorat organlariga masjid maʼmuriyati tomonidan murojaat yoʻllangan.
2019-yil noyabrda olib borilgan texnik ekspertiza davomida binosining konstruktiv va tuzilmaviy yechimlari meʼyoriy xavfsizlik talablariga javob bermasligi, xom gʻishtdan qurilgan binoning devorlar konstruksiyasida hamda poydevorda choʻkish, yorilishlar mavjudligi, namlik taʼsirida devor nuray boshlagani, “yuk koʻtaruvchi va toʻsiq konstruksiyalar” meʼyoriy hujjatlar talablariga umuman mos kelmay qolgani aniqlangan.
Binoni restavratsiya yoki rekonstruksiya qilish imkoniyati yoʻqligi sababli buzib qayta qurish boʻyicha loyiha ishlab chiqilgan hamda masʼul idoralar ekspertlari xulosasi olingan. Bugungi kunda eski masjid oʻrnida 1500 oʻrinli, barcha qulaylikka ega zamonaviy yangi masjid binosi qad rostlamoqda.
Eski masjid peshtoqidagi yogʻoch oʻymakorlik naqshlari restavratorlar tomonidan doimiy amaliyot usulida raqamlar bilan belgilanib koʻchirib olingan hamda saqlash uchun olib qoʻyilgan. Yangi masjid binosining ayvoni ayni oʻlchamlarda barpo etilmoqda, uning peshtoqiga eski masjiddan koʻchirib olingan naqshlar oʻrnatiladi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring