Кўҳна ва ҳамиша навқирон Марғилон шаҳрида севимли адибимиз Абдулла Қодирийнинг «Ўткан кунлар» асари қаҳрамонлари билан боғлиқ ажойиб хотиралар ҳамон сақланиб қолган.

13:18 08 Aprel 2025 Jamiyat
82 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Koʻhna va hamisha navqiron Margʻilon shahrida sevimli adibimiz Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” asari qahramonlari bilan bogʻliq ajoyib xotiralar hamon saqlanib qolgan.

Mirzakarim qutidorning hovlisi, Kumushbibi yurgan yoʻllar, asar yozilishi jarayonida Abdulla Qodiriy mehmon boʻlgan xonadonlar, tabarruk ziyoratgohlar shahar ahli tomonidan ehtirom bilan esga olinadi. Abdulla Qodiriy yuzma-yuz suhbatlashgan, asar asosida shaharning qadimiy mahallalarida kino suratga olinishi jarayoniga bevosita guvoh boʻlgan insonlarning avlodi ushbu xotiralarni maroq bilan soʻzlaydi.

Ajdodlar va avlodlar oʻrtasidagi uzviy rishtalar mustahkamligini taʼminlash maqsadida Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan ipakchilar shahrida bunyod etilayotgan “Yangi Oʻzbekiston” massivida “Otabek va Kumush” uyi qurilishi rejalashtirilayotgani eʼtiborga loyiq. Yaqin istiqbolda “Kumush yurgan yoʻllarda” deb nomlangan turizm marshrutini ishlab chiqish, mahalliy va xorijiy sayyohlarga milliy qadriyatlarimizga xos bu kabi boqiy anʼanalarni keng targʻib etish koʻzda tutilgan.

Margʻilon shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan ilk Kumushbibilar paradi bu boradagi saʼy-harakatlarning dastlabki amaliy samarasi deyish mumkin. Unda Kumushbibining bugungi margʻilonlik avlodlari boʻlgan oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdi.

— Shahrimizda oʻtkazilayotgan bir necha festivallar qatori mazkur tadbirni ham doimiy anʼanaga aylantirish niyatidamiz, — deydi Margʻilon shahar hokimi oʻrinbosari – oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Gulnora Joʻraboyeva. — Bu asrlar mobaynida mahalliy va xorijiy sayyohlarni mahliyo etib kelayotgan Margʻilonda turizmni zamonaviy mezonlar boʻyicha rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер