“Manchester Siti” himoyachisi jiddiy jarohat oldi

10:51 06 Yanvar 2026 Sport
234 0

“Manchester Siti” klubi va Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiol jiddiy jarohat oldi. Bu haqida klub rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.

Xabaringiz bor, Gvardiol Angliya Premyer ligasining 20-turidan oʻrin olgan “Chelsi”ga qarshi oʻyinda jiddiy jarohat olib, maydonni tark etgandi.

“Himoyachi shu hafta oxirida jarrohlik amaliyotini oʻtkazadi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Shuningdek, qoʻshimcha maʼlumotlarga koʻra, Gvardiol 3 oydan 6 oygacha boʻlgan muddatda jamoasiga yordam bera olmasligi aytilmoqda. Agar bu gap haqiqat boʻlib chiqsa, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ning asosiy himoyachisiga aylanishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?