“Manchester Siti” futbolchisi faoliyatini “Al-Nasr”da davom ettirishi mumkin
Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasi “Manchester Siti” futbolchisi Fil Fodenning transferiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Fichajes” nashri xabar berdi.
Unda aytilishicha, Saudiya klubi Fodenning transferi uchun 130 million yevro toʻlamoqchi. Jamoa ayni paytda muzokara oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrmoqda.
“Manchester Siti” rahbariyati esa hozircha futbolchisini qoʻyib yuborish niyatida emas. Pep Gvardiola Fodenni jamoaning asosiy tarkibidagi muhim boʻgʻinlaridan biri sifatida koʻradi. U ayniqsa, soʻnggi mavsumlarda hujum va yarim himoya chizigʻida koʻplab hal qiluvchi gollar va paslar muallifiga aylangan.
Shunga qaramay, Saudiya Arabistoni klublarining moliyaviy imkoniyatlari “Siti”ni ham oʻylantirib qoʻyishi mumkin. 130 million yevrolik taklif Yevropa futbol bozorida ham katta summa hisoblanadi.
Maʼlumot uchun, Fil Foden “Manchester Siti” bilan Premyer-ligada jami 194 ta oʻyin oʻtkazib, 62 ta gol urgan va 29 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring