MAN AUTO UZBEKISTAN Afgʻonistonga texnika eksport qildi
“JV MAN Auto-Uzbekistan” kompaniyasi Afgʻonistonga birinchi eksportni amalga oshirdi. Bu haqda ”Oʻzavtosanoat” matbuot xizmati ”Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.
Xaridlar boʻyicha milliy idora Qobul hokimligiga MAN CLA avtosamosvali va MAN CLA suv tashuvchi avtotsisternalarni topshirdi va texnikalar allaqachon toʻliq quvvat bilan muvaffaqiyatli ishlatilmoqda.
Qayd etish joizki, bugungi kunda “JV MAN Auto-Uzbekistan” MCHJ QK Qozogʻiston, Tojikiston, Gruziya, Ozarboyjon, Ukrainaga texnika eksport qilmoqda.
“JV MAN Auto-Uzbekistan” MCHJ QK hozirda Oʻzbekiston avtomobil tarmogʻining eng ustuvor loyihalaridan biri sanaladi. Kompaniyaning asosiy yoʻnalishi Oʻzbekiston va qoʻshni Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorlari uchun MAN tijoriy yuk mashinalarini ishlab chiqarish va sotishdan iborat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring