Maʼmuriy huquqbuzarlik uchun tayinlanadigan ayrim jarimalar miqdori xavflilik darajasidan kelib chiqib keskin kamaytirilmoqda — Qonun loyihasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqilmoqda.
Qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 5 ta moddasida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun tayinlanadigan jarimalar miqdori maʼmuriy huquqbuzarliklarning xavflilik darajasidan kelib chiqib keskin kamaytirilmoqda. Xususan, muddati oʻtgan sugʻurta polisi yoki sugʻurta polisida nazarda tutilmagan shaxs avtotransport vositasini boshqarganligi uchun jarima miqdori ikki baravarga kamaytirilyapti.
Shuningdek, transport vositalari egalari tomonidan sugʻurta polisini olmaganlik uchun jarima fuqarolarga ikki baravarga, mansabdor shaxslarga esa uchdan bir qismga kamaytirilmoqda. Fuqarolar tomonidan valyuta qiymatliklarini noqonuniy olish yoki oʻtkazish uchun jarima miqdori bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha boʻlgan miqdor oraligʻida belgilanmoqda.
Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan buxgalteriya hisobi va hisoboti tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga nisbatan jarimalar miqdori deyarli ikki baravarga, yoʻlovchilarni litsenziyasiz tashish bilan shugʻullanganlik uchun jarima miqdori uch baravarga kamaytirilmoqda.
Majlisda qonun loyihasi uchinchi oʻqishda qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring