Malida yuz bergan YTHda 31 kishi halok boʻldi

17:04 28 Fevral 2024 Dunyo
132 0

Foto: Daily Sun

Malining janubi-sharqida sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi (YTH) oqibatida 31 kishi halok boʻldi, yana 10 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda mamlakat transport vazirligi maʼlum qildi.

Rasmiy idoraga koʻra, 27-fevral kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 17:00da mamlakatning janubi-gʻarbidagi Keniyeba shahridan ketayotgan avtobus Bagoe daryosidagi koʻprikdan qulab tushgan. Hodisa sababi boshqaruvni yoʻqotish boʻlishi mumkin.

Malida yoʻl-transport hodisalari, asosan, yoʻllar va transport vositalarining yomon ahvoli tufayli tez-tez sodir boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер