Malaka toifasini olish uchun murojaat yuborish jarayoniga qator oʻzgartirishlar kiritildi
Yangilangan pedagog platformasida malaka toifasini (toʻgʻridan-toʻgʻri, navbatdagi majburiy va navbatdan tashqari) olish uchun murojaat yuborish jarayoniga bir qator oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqida “Taʼlim nazorati” Telegram-kanali xabar berdi.
Quyidagi maʼlumotlar murojaat yuborish jarayonida platformada faqat integratsiya orqali shakllanadi:
- Davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning maʼlumotlari «Bolalar bogʻchasi» axborot tizimida mavjudligi;
- Davlat va nodavlat umumtaʼlim maktablarida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning maʼlumotlari «ERP Maktab» axborot tizimida mavjudligi;
- Oliy hamda oʻrta maxsus maʼlumotga ega pedagoglarning diplom maʼlumotlari «Diplom Edu» axborot tizimida mavjudligi;
- Barcha pedagoglarning ish staji boʻyicha maʼlumotlar «YAMMT» axborot tizimida mavjudligi.
Mazkur maʼlumotlar koʻrsatilgan axborot tizimlarida mavjud boʻlsagina murojaat yuborish mumkin boʻladi.
“Hurmatli pedagoglar malaka toifasi boʻyicha murojaat yuborishdan avval oʻz maʼlumotlaringizni tekshirishingizni iltimos qilamiz”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring