Maktablarda yangi oʻquv yili qachondan boshlanishi aytildi

Oʻzbekistondagi maktablarda 2025/2026 oʻquv yili 2-sentyabrdan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Respublika boʻylab barcha umumtaʼlim maktablarida yangi – 2025/2026 oʻquv yili dars jarayonlari joriy yilning 2-sentyabridan (seshanba kuni) boshlanadi.
Maktablardagi oʻquv jarayonining birinchi dars soatlarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Kelajak soati” darslari oʻtkaziladi.
Shuningdek, joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 738 ming nafardan ortiq oʻquvchiga 12 nomdagi oʻquv qurollaridan iborat “Prezident sovgʻasi” tantanali topshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring