Maktablarda maʼnaviy muhitni tubdan yaxshilash boʻyicha mutlaqo yangi konsepsiya ishlab chiqiladi

18:03 05 Aprel 2022 Jamiyat
1125 0

Foto: president.uz

Maktablarda maʼnaviy muhitni tubdan yaxshilash boʻyicha mutlaqo yangi konsepsiya ishlab chiqiladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Unda:

— eng avvalo, oʻquvchilarda yoshligidan oʻzining mahallasi va qishlogʻi hayotiga befarq boʻlmaslik hamda Vatanga muhabbat;

— oila, ota-ona va ustozlarga hurmat;

— ilm va bilim, harakat va intilish orqali katta marralarni egallash mumkinligini tushuntirish hamda zamonamiz qahramonlarining bosib oʻtgan yoʻllarini keng targʻib qilish nazarda tutilishi kerak.

Maktablardagi maʼnaviyatchilarga talablarni qayta koʻrib chiqib, bu lavozimga mahalla va jamoada obroʻsi bor kadrlar bilan toʻldirish kerakligi, maktablarda ilm va sanʼat vakillari, ziyoli va nuroniylar, ilgʻor tadbirkorlar, klaster va sanoat korxonalari rahbarlari bilan doimiy uchrashuvlarni tashkil qilish muhimligi taʼkidlandi.

Bunga ijtimoiy tarmoqlardagi maktab oʻquvchilari orasida obunachisi eng koʻp boʻlgan mashhur sanʼatkor, sportchi, aktyor, blogerlarni ham faol jalb qilish maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер