Maktabgacha taʼlim tashkilotlari aholining toʻlov qobiliyatiga qarab tashkil etiladi
“2025-2026-yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 3-7 yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlimga jalb etishning maqsadli koʻrsatkichlari belgilandi va qamrov darajasini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Aholining toʻlov qobiliyatiga qarab har xil hududlarda turli xil maktabgacha taʼlim muassasalari tashkil etiladi.
Yashash darajasi yuqori boʻlgan mahallalarda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bogʻchalari ochilsa, olis va chekka mahallalarda oilaviy nodavlat bogʻchalari, aholining toʻlov qobiliyati past hamda demografik oʻsish darajasi yuqori boʻlgan mahallalarda davlat, shuningdek, xalqaro moliya institutlari kredit va grantlari hisobidan davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat bogʻchalari ochiladi.
Shuningdek, ijtimoiy soha muassasalarining boʻsh binolarida qisqa muddatli guruhlar ochilishi ham rejalashtirilgan.
2025-yil yakunigacha kambagʻal oilalar farzandlarini maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni toʻliq taʼminlash maqsad qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring