Maktabgacha taʼlim qamrovi yanada kengayadi
Samarqand tumanidagi 53-umumtaʼlim maktabi binosida “Ilk rivojlantirish markazi” ochildi. Ushbu markaz 3-6 yoshli bolalar uchun “Oʻyin guruhlari” va 2-7 yoshli alohida taʼlimga ehtiyoji bor bolalar uchun “Maxsus maktabgacha taʼlim xizmati” asosida faoliyat yuritadi.
Bugungi kunda tumandagi 3-6 yoshli bolalardan 17 ming 132 nafari 218 ta maktabgacha taʼlim tashkilotiga jalb etilgan. Endilikda yangi markaz orqali qamrov yanada kengayadi.


Samarqand shahrining Shodiyona mahallasida tadbirkor A.Muzaffarov tomonidan barcha zamonaviy talablarga javob beradigan 240 oʻrinli “Brainy Kingdom Kids” nomli nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Bu maskanda hududdagi 3-7 yoshli 240 nafar bola qamrab olinadi.
Yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti binosining ochilish marosimda mahalla faollari, nuroniylar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar ushbu taʼlim muassasasi bolalar taʼlim-tarbiyasi va maʼnaviy kamoloti uchun muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlashdi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring