Maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish tizimi joriy qilinadi
Hukumat qarori (681-son, 25.12.2023 y.) bilan Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Qarorga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan А.Авлоний nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga oʻrgatish milliy-tadqiqot institutida maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʻquv kurslarida oʻqitish hamda maxsus portal orqali ularga menejerlik sertifikatini elektron berish tizimi joriy qilinadi.
Nizomga muvofiq, maktablarga faoliyat yuritayotgan direktorlar har 5-yilda bir marotaba menejerlik sertifikatini olishi talab etiladi.
Bunda sertifikatga ega direktorlar uni olgandan 3-yil davomida malaka oshirish kurslaridan ozod etiladi.
Nomzodlar maxsus portal orqali elektron roʻyxatdan oʻtadi hamda oʻquv kursida oʻqish uchun ariza topshiradi.
Arizalar har oyning 5-sanasigacha (iyul–avgust oylari bundan mustasno) qabul qilinadi.
Oʻquv kurslari 20-30 nafar tinglovchidan iborat akademik guruhlarda tashkil etiladi.
Oʻquv kurslarining davomiyligi 144 soatni tashkil etib, 1 oy davomida oʻqitiladi.
Nomzodlarning ixtiyoriy tanlovi asosida oʻquv kurslari ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan (masofaviy, onlayn) holda tashkil etilishi mumkin.
Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan nomzodlar sertifikat berish boʻyicha yakuniy sinovlarga qoʻyiladi.
Direktorlarning oʻqish davrida ularning asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va amaldagi oʻrtacha ish haqi miqdorlari saqlab qolinadi.
Mazkur tartib quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
— Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar;
— jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari;
— sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari;
— ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar;
— alohida sharoitlarda taʼminlash, tarbiyalash va taʼlim berishga muhtoj bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar.
2024-yil 1-sentyabrdan menejerlik sertifikatiga ega quyidagi rahbar xodimlarga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga har oylik qoʻshimcha ustamalar toʻlanadi:
— maktab direktorlariga – 50 foiz;
— maktab direktori oʻrinbosarlariga – 30 foiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring