Makkada qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi
Foto: “Dunyo”
Saudiya Arabistonining qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro I.I. 2024-yilning yanvar oyida oila aʼzolari bilan ushbu mamlakatga ziyorat qilish uchun borgan. Biroq keyinchalik insult tashxisi bilan Makka shahridagi Ibn Sino shifoxonasiga davolanish uchun yotqizilgan.
Soʻngra uning viza muddati tugashi va mamlakatdan chiqib ketishga taqiq qoʻyilgani tufayli Oʻzbekistonga qaytolmagan. Shu vaqt davomida konsulxona I.I.ning oilasiga zarur maslahat yordamini koʻrsatgan va diplomatlar Saudiya sayyohlik kompaniyalaridan biri bilan birgalikda uni Oʻzbekistonga qaytarilishida koʻmaklashgan.
Barcha masalalar hal etilgach, 22-avgust kuni bemorning uyiga parvozi uchun yoʻl hujjatlari rasmiylashtirilib, shifoxonadan Jidda xalqaro aeroportiga zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan yetkazilishi taʼminlangan, deyiladi xabarda.
23-avgust kuni u va uning oʻgʻli J.I. shifokor hamrohligida Toshkentga kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
- “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring