Makkada mushkul vaziyatda qolgan fuqaroga amaliy yordam koʻrsatildi
Saudiya Arabistoniga umra amallarini bajarish maqsadida borib, moddiy tomondan qiyin ahvolda qolgan Oʻzbekiston fuqarosiga amaliy yordam koʻrsatildi. Bu haqda mamlakatning Jiddada shahrigi Bosh konsulxonasiga tayanib, Dunyo axborot agentligi xabar berdi.
Manbaga koʻra, G.M. Saudiya Arabistoniga umra amallarni bajarish maqsadida borgan turmush oʻrtogʻi A.R. moddiy tomondan qiyin ahvolda qolgani sababli unga yordam koʻrsatishni soʻrab murojaat qilgan.
A.R. Saudiya Arabistoniga umra amallarini bajarish maqsadida Oʻzbekistondan 30-mart kuni velosipedda yoʻlga chiqqan. U Oʻzbekistondan Rossiyaga, u yerdan Gurjistonga borgan. Gurjiston chegarachilari tomonidan u kelgan joyiga, Rossiyaga qaytarib yuborilgan. Shundan soʻng A.R. “Vladikavkaz – Istanbul – Jidda” yoʻnalishi boʻyicha Saudiya Arabistoniga yetib kelgan.
Maʼlum boʻlishicha, Makkada boʻlgan vaqtida uning buyumlari va tegishli hujjatlari boʻlgan sumkalari oʻgʻirlab ketilgan.
Bosh konsulxona vakillari Makkadagi oʻzbekistonlik fuqarolar yordamida A.R. qidirib topilgan va unga Oʻzbekistonga qaytish uchun guvohnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, faol vatandoshlar koʻmagida “Madina-Toshkent” yoʻnalishidagi aviaqatnovga chipta sotib olib berilgan.
A.R. joriy yilning 17-may kuni sogʻ-salomat oilasi bagʻriga qaytgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring