Maykl Jeksonning yarim milliard dollar qarzi borligi aniqlandi
Foto: Pinterest
Maykl Jekson 2009-yilda yarim milliard dollardan ortiq qarzga ega boʻlgan. Buni sud hujjatlari tasdiqlamoqda, deya xabar berdi "NBC" nashri.
Jeksonning qarzlari Los-Anjeles okrugi Oliy sudida uning mulki ijrochilari tomonidan berilgan bayonotda oshkor qilingan.
Ularning aytishicha, Jeksonning aktivlari umrining oxirida kreditorlarning eʼtiroz manbaiga aylangan. Qarzning bir qismiga oʻta yuqori foiz stavkalari qoʻshilgan.
Bayonotda aytilishicha, 2018-yilda Jeksonning mulkidan tushgan pullar advokatlik toʻlovlari va boshqa xarajatlarni toʻlash uchun ishlatilgan. Umuman olganda, Jeksonga qarshi ariza bergan kreditorlar soni 65 kishidan oshgan.
Jekson 2009-yilda 50 yoshida Los-Anjelesda vafot etdi. Oʻz faoliyati davomida musiqachi 13 ta «Gremmi» mukofotiga sazovor boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring