Mahmudxoʻja Behbudiy — Vatan va maʼrifat fidoyisi
Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shahar boʻlinmasi hamkorligida jadid maʼrifatparvari Mahmudxoʻja Behbudiy tavallud kuni munosabati bilan “Mahmudxoʻja Behbudiy — Vatan va maʼrifat fidoyisi” nomli ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyi va Toshkent kimyo xalqaro universiteti Samarqand filiali masʼullari ishtirok etib, Behbudiyning hayoti, serqirra faoliyati va millat taraqqiyoti yoʻlida amalga oshirgan buyuk xizmatlari haqida maʼlumotlar berishdi.
Tadbir davomida shahardagi 6-,9-,10-,41 hamda 42-maktablarning oʻquvchilari tomonidan badiiy chiqishlar va rasmlar koʻrgazmasi tashkil etildi.

Viloyat pedagogik mahorat markazida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir esa “Mahmudxoʻja Behbudiy — millatning buyuk maʼrifatparvar oʻgʻloni” mavzusida boʻldi.
Behbudiy tavalludining 151-yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, pedagoglar ishtirok etdi. Unda soʻz olgan yozuvchi, shoir va dramaturg Farmon Toshev Behbudiyning taʼlim-tarbiya, jamiyat va yoshlar kamoloti yoʻlidagi ulkan xizmatlari, jasorati haqida gapirdi.

Tadbir davomida Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti, faoliyati haqida ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar, tadqiqotchilar tomonidan Behbudiyning jadidchilik faoliyati, tilshunoslikdagi ilmiy merosi hamda Samarqand jadidchilik harakatidagi oʻrni yuzasidan qiziqarli maʼlumotlar taqdim etildi.

Tadbir oʻquvchi-yoshlarning adabiy-badiiy chiqishlari bilan davom etdi. Ishtirokchilar shuningdek, Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyi bilan ham yaqindan tanishdilar.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
- Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida qisqa fursatga toʻxtagan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring