Mahalliy bozordan eksportgacha

10:04 16 Iyun 2025 Jamiyat
306 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Soʻnggi yillarda Andijon viloyatida toʻqimachilik sanoati tobora rivojlanmoqda. Mavjud korxonalarda yuz ming nafardan ziyod aholi samarali faoliyat olib boryapti.

Avvallari yangi ish oʻrni yaratish maqsad boʻlsa, endilikda mahsulotni mahalliylashtirish, sifat darajasini koʻtarish, eksport salohiyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Buning natijasida 2024-yilda mazkur yoʻnalishda 21 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilib, shundan 492 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi.

Sohada erishilayotgan yutuqlar yangi istiqbolli loyihalarni ishga tushirishga turtki boʻlmoqda. Oʻtgan yili 84 million dollarlik 86 ta loyiha amalga oshirilib, 13 mingta yangi ish oʻrni yaratildi. “Fayz M” klasterining Buloqboshi tumanida tashkil etilgan tikuv tarmogʻi shular jumlasidandir.

— Korxonamizda bir yilda 7,5 milliondan ortiq mahsulot ishlab chiqarish rejalashtirilgan, — deydi korxona ish yurituvchisi Zafar Sheraliyev. — Buning uchun 600 nafar ishchilar samarali mehnat qilmoqda. Yilning shu davriga qadar Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya va Italiya davlatlariga 45 million dollarlik mahsulot eksport qilishga erishdik.

Ayni paytda viloyatdagi korxonalar tomonidan bir yilda 175 ming tonna kalava-ip, 67,7 ming tonna boʻyoqlash, 671 million dona tayyor mahsulot ishlab chiqarilmoqda. Ichki bozordan ortinib 60 dan ortiq davlatga eksport faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi esa hudud ishlab chiqaruvchilarining raqobatbardoshligidan, sifatli mahsulot tayyorlash va xalqaro talablarga javob berish qobiliyatidan dalolatdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер