Mahallada bepul oʻquv kurslari tashkil etildi

16:45 15 Iyul 2025 Jamiyat
165 0

Izboskan tumanidagi “Istiqlol” MFY ijtimoiy xodimi Saidislomxon Saydahmedov tashabbusi bilan mahallada 57 nafar oʻgʻil-qizlar uchun bepul oʻquv kurslari tashkil qilindi.

— Bu mashgʻulotlar toʻliq oʻquv dasturiga asoslangan boʻlib, bolalarning fanlarga qiziqishini oshirmoqda, — deydi S. Saydahmedov. — Taʼlim olishda teng imkoniyat yaratishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda ingliz va rus tili, matematika fanidan saboq berish yoʻlga qoʻyilgan.

— Xususiy oʻquv kurslariga borishga imkoniyatim yoʻq edi, — deydi oʻquvchi Madina Ibrohimova. — Mahallamizdagi bepul kurslar tufayli men ingliz tilini yaxshi tushunib, soʻzlashni oʻrganyapman.

Bugina emas, mahallada kambagʻallik reyestrida turuvchi oilalar farzandlarining yozgi taʼtilini mazmunli tashkil etish maqsadida Andijon viloyatidagi eʼtiborga molik maskanlarga sayohatlar ham uyushtirilmoqda.

Saminjon HUSANOV

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?