Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimizni mukofotlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimizda oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini yangi bosqichga koʻtarish, jamiyatimizda mahallaning oʻrni va nufuzini yanada yuksaltirish, inson qadrini ulugʻlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish, mahallabay ishlash tizimini samarali yoʻlga qoʻyish borasidagi katta xizmatlari, koʻp asrlik anʼanalarimizni asrab-avaylash, xalqimiz orasida doʻstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, oila institutini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, yosh avlodni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga qoʻshgan munosib hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Ismatova Adibaxon Kosimovna - Izboskan tumanidagi “Shodlik” mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli, Andijon viloyati
“Doʻstlik” ordeni bilan
Begmatov Uchkun Ravshanovich - Paxtachi tumanidagi “Qarnabota” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Samarqand viloyati
Jaketov Amangeldi - Moʻynoq tumanidagi “Uchsoy” ovul fuqarolar yigʻini raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Joʻraboyev Raximjon - Chortoq tumani nuroniylar jamoatchilik kengashi faoli, Namangan viloyati
Ilxomov Muxtar Atxamovich - Uchtepa tumanidagi “Uchtepa” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Toshkent shahri
Isayev Oljas Kidirbayevich - Konimex tumanidagi “Uchtepa” ovul fuqarolar yigʻini raisi, Navoiy viloyati
Mengnorova Gulbaxor Temirovna - Angor tumani obodonlashtirish boshqarmasi uchastka ustasi, Surxondaryo viloyati
Namozov Oybek Ismoilovich - Peshku tumanidagi “Asr kimyo invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi, Buxoro viloyati
Raxmonqulov Djumaboy Tursunqulovich - Boyovut tumanidagi “Navbahor” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Sirdaryo viloyati
Sultonov Anvar - Boʻka tumanidagi “Xoʻjaqoʻrgʻon” mahalla fuqarolar yigʻini raisining keksalar masalalari boʻyicha maslahatchisi, Toshkent viloyati
Shakirova Aynura Yukosovna - Oltiariq tumanidagi 89-oilaviy poliklinikasi patronaj hamshirasi, Fargʻona viloyati
II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan
Bazarova Norjon Bakayevna - Buxoro viloyati “Buvijonlar maktabi” rahbarining oʻrinbosari
Qurbonova Marxabo Ismailovna - Uchqoʻrgʻon tumanidagi “Qoʻgʻay Oʻlmas” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Namangan viloyati
Mirzayeva Gullola Abdusalomovna - Shahrisabz shahridagi “Uymovut” mahalla fuqarolar yigʻini hokim yordamchisi, Qashqadaryo viloyati
Mirzayeva Muhabbat Doropovna - Yunusobod tumanidagi “Minor” mahalla fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli, Toshkent shahri
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Norbekov Nuridin Maxmudovich - Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Jizmon” oilaviy shifokorlik punktining tibbiy brigada feldsheri, Samarqand viloyati
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan
Abraxmatov Xusan Qulmatovich - Dehqonobod tumani ichki ishlar boʻlimi “Beshbuloq” mahalla fuqarolar yigʻinidagi profilaktika katta inspektori, Qashqadaryo viloyati
“Jasorat” medali bilan
Abdullayev Javlonbek Abduqayum oʻgʻli - Kosonsoy tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining ijtimoiy xizmatlarni tashkillashtirish boʻyicha mutaxassisi, Namangan viloyati
Ismoilova Mahbuba Botirovna - Mirzaobod tumanidagi “Dilbar ona” xususiy tikuvchilik korxonasi rahbari, Sirdaryo viloyati
Usmonova Nodiraxon Toʻlanboyevna - “Hunarmand” uyushmasining Fargʻona viloyati boshqarmasi aʼzosi, kashtachi
“Sogʻlom turmush” medali bilan
Israilova Tabasumxon Kamilovna - Andijon shahridagi “Barkamol” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Andijon viloyati
Seytjanova Baxargul Abatbayevna - Taxtakoʻpir tumanidagi “Maqpalkoʻl” oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Tagayeva Laylo Navruzovna - Zafarobod tumanidagi “Choʻliguliston” qishloq fuqarolar yigʻini xotin-qizlar faoli, Jizzax viloyati
“Kelajak bunyodkori” medali bilan
Mirzayev Sarvarbek Anvar oʻgʻli - Chinoz tumanidagi “Birlik” mahalla fuqarolar yigʻini yoshlar yetakchisi, Toshkent viloyati
“Shuhrat” medali bilan
Adilov Iftixor Karimovich - Paxtakor tumanidagi “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Jizzax viloyati
Allaberganova Nafosat Ganjayevna - Tuproqqalʼa tumanidagi “Navbahor” mahalla fuqarolar yigʻini yoshlar yetakchisi, Xorazm viloyati
Jumaniyozov Nurbek Xudayorovich - Amudaryo tumanidagi “Brighton School” oʻquv markazi direktori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Ilmurodova Nargiza Esanovna - Termiz tumanidagi “Joʻyjangal” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Surxondaryo viloyati
Isayeva Gavxar Eshmurzayevna - Nurobod tumanidagi “Arabota” mahalla fuqarolar yigʻini hokim yordamchisi, Samarqand viloyati
Kambarov Muzaffar Odilovich - Baliqchi tumani soliq inspeksiyasining jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish shoʻbasi davlat soliq bosh inspektori, Andijon viloyati
Latipov Taxir Turdiyevich - Olmazor tumanidagi “Elparvar” mahalla fuqarolar yigʻini raisining keksalar masalalari boʻyicha maslahatchisi, Toshkent shahri
Masharipov Maxmudjon Sapabayevich - Bogʻot tumanidagi “Koʻnabirlashuv” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Xorazm viloyati
Raimdjanov Muzaffarjon Muxtardjanovich - Margʻilon shahridagi “Oʻrda tagi” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Fargʻona viloyati
Soliyeva Adolat Baxriddinovna - Nurota tumanidagi 18-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktabi kutubxona mudiri, Navoiy viloyati
Turdiyev Akram Abdimuratovich - Oltinsoy tumanidagi “Mingchinor” mahalla fuqarolar yigʻini hokim yordamchisi, Surxondaryo viloyati
Xudayberdiyev Xamza Tuychiyevich - Qarshi tumanidagi “Lagandi” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Qashqadaryo viloyati
Erbutayev Erali Xolboyevich - Angren shahridagi “Koʻk terak” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Toshkent viloyati
Yusupov Bahronjon Adizovich - Jondor tumanidagi “Namgoni” mahalla fuqarolar yigʻini raisi, Buxoro viloyati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.MIRZIYOYEV
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring