Magnus Karlsen, Xikaru Nakamura, Fabiano Karuana… Yurdoshimiz nufuzli shaxmat turnirida ishtirok etadi
2025-yil 16-20-iyul kunlari AQSHning Las-Vegas shahrida shaxmat boʻyicha “Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025” seriyasining uchinchi bosqichi boʻlib oʻtadi. Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston sharafini yirik xalqaro turnirlarda doimiy ishtirok etib kelayotgan grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham himoya qiladi.
Tashkilotchilar maʼlumotiga koʻra, turnirda dunyo shaxmatining eng kuchli va taniqli shaxmatchilari ishtirok etadi. Ular quyidagilar:
Magnus Karlsen (Norvegiya)
Xikaru Nakamura (AQSH)
Arjun Erigaysi (Hindiston)
Fabiano Karuana (AQSH)
Nodirbek Abdusattorov (Oʻzbekiston)
Uesli So (AQSH)
Levon Aronyan (AQSH)
Lenyer Dominges (AQSH)
Parxam Magsudlu (Eron)
Yan Nepomnyashiy (Neytral maqomdagi sportchi)
Vinsent Kaymer (Germaniya)
Rameshbabu Pragnanandxa (Hindiston).
Turnirda ishtirok etadigan yana uch nafar shaxmatchi nomi keyinroq rasman eʼlon qilinadi.
Maʼlumot uchun, “Freestyle Chess” formati anʼanaviy shaxmatdan farqli ravishda figuralar boshlangʻich joylashuvi tasodifiy shaklda belgilanadigan musobaqa hisoblanadi. Bu esa ishtirokchilardan nafaqat klassik bilimlar, balki improvizatsiya va tezkor strategik fikrlashni talab qiladi.
Oʻzbekistonlik shaxmat ishqibozlari Nodirbek Abdusattorovdan yuqori natijalar kutmoqda. Eslatib oʻtamiz, u soʻnggi yillarda bir qator yirik turnirlarda yuqori oʻrinlarni egallab, mamlakatning shaxmat sohasidagi obroʻsini yanada oshirib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring