Magnit boʻroni paytida nima qilish kerak: 5 ta foydali maslahat
Magnit, shuningdek, geomagnit boʻronlar quyosh shamoli va chaqnashlari natijasida Yer magnitosferasidagi buzilishlardir. Ushbu boʻronlar sayyoramizga turli xil taʼsir koʻrsatishi mumkin. Jumladan, sunʼiy yoʻldosh aloqalari, elektr tarmoqlari va hatto sogʻligʻimizdagi muammolarni ham qoʻzgʻatib yuborishi hech gap emas.
Ilmiy hamjamiyatlar doimiy ravishda bunday paytda qanday harakatlanish haqida turli yoʻriqnomalar ishlab chiqsa ham, har bir kishi magnit boʻronlarga ruhan tayyor boʻlishi va bunday hodisalar paytida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflarni qanday kamaytirishni bilishi muhimdir. Shunday ekan quyida beradigan 5 ta maslahatimiz oʻquvchilarimizga foydali boʻladi degan umiddamiz.
1-maslahat: Xabardor boʻling!
Magnit boʻronlar bilan kurashishda birinchi qadam ularning paydo boʻlishi va intensivligi haqida xabardor boʻlishdir. Garchi bu juda joʻn argument boʻlib tuyilsa ham, aslida magnit boʻronlari haqida ertaroq xabardor boʻlish kerakli choralarni koʻrish uchun yetarli vaqtga ega boʻlishni anglatadi. Masalan, "Xalq soʻzi" saytini kuzatish sizga bunday imkoniyatni taqdim eta oladi.
Bundan tashqari, koʻplab mamlakatlarda yaqinlashib kelayotgan magnit boʻronlari haqida ogohlantirishlarni taqdim etadigan kosmik ob-havoni bashorat qilish markazlari mavjud. Ushbu ogohlantirishlarni kuzatib turish sizni bir qadam oldinda boʻlishingizni kafolatlaydi.
2-maslahat: Koʻchaga zarur boʻlmaganda chiqmang!
Yuqori geomagnit faollik davrida, ayniqsa, bu quyosh nurlariga taʼsirchan boʻlganlar uchun ochiq havoda vaqt oʻtkazish yaxshilik bilan tugamasligi mumkin. Magnit boʻronlar bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi va umumiy holsizlik kabi alomatlarni paydo qiladi.
Agar siz zaruriyat bilan koʻchaga chiqishingiz kerak boʻlsa, tongda yoki kechqurun buni amalga oshirishingiz siz uchun foydaliroq boʻladi. Kunning bu davrida magnit boʻronlari ancha sust boʻladi. Oʻzingizni qulay his qilish uchun qulay usti-bosh tanlaganingiz ham maqsadga muvofiqdir.
3-maslahat: Vitaminli taom isteʼmol qiling, meditatsiya yoki yoga bilan shugʻullaning!
Magnit boʻronlari paytida sogʻlom turmush tarziga amal qilish ham muhim. Garchi siz butun umringiz davomida bunday qilmagan boʻlsangiz ham, aynan bugun yillar davomidagi maqsadingiz, sogʻlom turmush tarzini boshlashingiz mumkin. Birinchi navbatda, yetarlicha dam oling, chunki yaxshi dam olgan tana stressni osonlikcha yengadi. Immunitet tizimini va umumiy salomatlikni qoʻllab-quvvatlash uchun vitaminlar va minerallarga boy ovqatlanish ratsioniga amal qiling.
Nafas olish mashqlari, meditatsiya yoki yoga kabi yengil mashqlarni amalga oshiring. Ushbu amaliyotlar tanangizning tashqi magnit tebranishlariga javobini barqarorlashtirishga yordam beradi.
Yana bir muhim narsa shuki, shunday kunlarda spirtli ichimliklar ichmasligingiz va tamaki chekmasligingizni tavsiya qilgan boʻlardik. Shifokorlarning fikricha, ichkilik va tamaki inson tanasini zararli magnit toʻlqinlariga moyil qilib qoʻyadi.
4-maslahat: Elektron qurilmalarni tizimdan uzib qoʻying!
Magnit boʻronlar elektron qurilmalar va aloqa tizimlarida nosozliklar paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Yuqori geomagnit faollik vaqtida zarur boʻlmagan narsalarni elektr tarmogʻidan uzib, elektron qurilmalaringizni himoyalashingiz zarur. Ushbu ehtiyot chorasi elektr quvvati oshishi va elektronikangizga mumkin boʻlgan shikastlanishlarning oldini olishga yordam beradi.
Bundan tashqari, GPS va aloqa qurilmalaridan foydalanishda ehtiyot boʻling, chunki magnit boʻronlari ularning aniqligiga xalaqit berishi mumkin. Chop etilgan xaritalar yoki muqobil aloqa usullari kabi zaxira rejasiga ega boʻlish uzilishlar yuzaga kelganda foydali boʻlishi mumkin.
5-maslahat: Sogʻligingizni nazorat qiling!
Magnit boʻronlari paytida tanangizdagi oʻzgarishlarni tahlil qilib boring. Masalan, yurak-qon tomir tizimi bilan bogʻliq muammolari boʻlgan odamlar simptomlarning vaqtincha yomonlashishini sezishi mumkin. Har qanday kerakli dori-darmonlarni imkon qadar yoningizda saqlang. Sogʻligʻingizda oʻzgarishlar sezsangiz, shifokoringizga murojaat qiling.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring