Xalqaro zaytun kengashi qarorgohi oldida Oʻzbekiston bayrogʻi koʻtarildi

Foto: “Dunyo” AA
Xalqaro zaytun kengashi qarorgohida Oʻzbekiston bayrogʻining koʻtarilishi munosabati bilan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.
Unda Ispaniya Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, siyosiy va ishbilarmon doiralar, xalqaro tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari, diplomatiya missiyalari rahbarlari, shuningdek, Iordaniya qishloq xoʻjaligi vaziri — Xalqaro zaytun kengashi rahbari Xolid Xanifet, Tunis qishloq xoʻjaligi vaziri Eliyes Hamza va boshqa rasmiylar ishtirok etdi.
Tadbir davomida tashkilot bogʻida Oʻzbekiston nomidan zaytun daraxti ekish marosimi ham boʻlib oʻtdi.
Ispaniya qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va atrof-muhit vaziri Luis Planas soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda tub oʻzgarishlar roʻy berayotganini, aholining turmush darajasi yaxshilanib, respublikaning xalqaro nufuzi kundan-kunga ortib borayotganini taʼkidladi.
— Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Oʻzbekiston siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotda yuksak marralarni zabt etayotgani, xalq farovonligini yuksaltirish yoʻlida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishayotganini koʻrib turibmiz, — dedi vazir Luis Planas. — Milliy davlatchilikni mustahkamlash, uning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishga qaratilgan kuchli va samarali davlatni barpo etish yoʻlida mamlakatni modernizatsiya qilish jadal davom etmoqda. Oʻzbekiston rahbarining zaytunchilikni rivojlantirish boʻyicha taklifi bugungi kundagi jahon tendensiyalari nuqtayi nazaridan mamlakat qishloq xoʻjaligini rivojlantirishdagi yangi muhim turtki boʻldi. Oʻzbek zamini naqadar unumdor ekanligini hammamiz bilamiz. Ishonchim komilki, kelajakda bu mamlakat zaytun yetkazib beruvchi va ishlab chiqaruvchilari orasida yetakchi oʻrinni egallaydi.
Xalqaro zaytun kengashi rahbari Xolid Xanifet soʻnggi yillarda Oʻzbekiston iqtisodiy oʻsishning yuqori surʼatlarini koʻrsatayotganiga eʼtibor qaratdi.
— Oʻzbekistonning Xalqaro zaytun kengashiga aʼzo boʻlishi respublikada zaytun sanoatini yanada rivojlantirish uchun ham, eksport salohiyatini oshirish uchun ham qator imkoniyatlar taqdim etmoqda, — deydi Xolid Xanifet. — Shubhasiz, yangi zaytun plantatsiyalari yaratish, ularni qayta ishlash korxonalarini ishga tushirish, jumladan, xorijiy davlatlar va Xalqaro zaytun kengashi bilan yaqindan ilmiy-texnikaviy hamda sarmoyaviy hamkorlik qilish imkoniyatlari ochiladi. Oʻzbekistonda zaytun sanoatiga yuqori darajada qiziqish bildirilayotganini koʻrib turibmiz. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021-yil avgust oyida “Zaytun moyi va zaytun mevasi toʻgʻrisidagi xalqaro bitimga (Jeneva, 2015-yil 9-oktyabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini imzolagani bu saʼy-harakatlarning mantiqiy davomidir. Bundan tashqari, Oʻzbekistonning janubiy viloyatlari iqlimi zaytun daraxtlarining ayrim navlari uchun qulay boʻlishi mumkin. Ularning plantatsiyalari Ispaniya va shunga oʻxshash iqlim sharoitiga ega boʻlgan boshqa Oʻrta yer dengizi mamlakatlaridagi kabi yaxshi hosil beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring