Madaniy meros kodeksi loyihasi xalq takliflari asosida maromiga yetkaziladi
Joriy yilning 4 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniy merosni himoya qilish inspeksiyasi boshchiligida Madaniy meros agentligida tegishli vazirliklar va idoralar, sohaning yetuk mutaxassis olimlari, xorijiy ekspertlar ishtirokida “Madaniy meros kodeksi”ning dastlabki loyihasi ishchi guruhning birinchi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi. Ishlab chiqilayotgan kodeks loyihasi 6 ta bo‘lim, 23 ta bob va 154 ta moddadan iborat.
Muhokamada ishchi guruh tarkibiga kiritilgan mehnat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan, madaniyat hamda madaniy meros sohasini rivojlanishida o‘z hissasini qo‘shgan tarix fanlari doktori, professor R.X.Sulaymonov, O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi, professor T.K.Kuziev, tarix fanlari doktori, professor J.H.Ismoilova va xorijiy ekspert M.A.Yusupovalar o‘z fikr mulohazalarini bildirdilar.
Jumladan, tarix fanlari doktori, professor R.X.Sulaymonov arxeologiya sohasiga xorijiy tajribadan kelib chiqib, xususiy mulk tushunchasini kiritishni, tarix fanlari doktori, professor, O‘zbekiston tarixi davlat muzey direktori J.H.Ismoilova Xitoy Xalq Respublikasi tajribasidan kelib chiqib, hududda shu jumladan, aholi zich yashaydigan joylarda ham yer qazish ishlarini olib borishdan avval arxeologlardan iborat komissiya tuzilib, ularning xulosalarini olish masalasini kodeks loyihasiga kiritish taklifini bildirdilar.
Shuningdek, Adliya vazirligining mas'ul xodimi X.Sodiqov kodeks loyihasida madaniy meros obyektlarini ro‘yxatdan chiqarish va uni kiritish tartiblarini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish shu bilan birga, xorijiy davlatlar xususan, Janubiy Koreya va Rossiya davlatlarining tajribasidan kelib chiqqan holda Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatining o‘rniga Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari Reestrini yuritishni taklif qildi.
YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya Bosh kotibi o‘rinbosari S.Mallaxonov kodeks loyihasiga Nomoddiy madaniy meros obyektlari bo‘yicha alohida bob nazarda tutish taklifini bildirildi.
Muhokama yakuni yuzasidan ishchi guruh a'zolariga xorijiy tajriba va milliy qonunchilikni uyg‘unlashtirgan holda kodeks loyihasini boyitish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Xalq fikrini o‘rganish maqsadida kelgusida ushbu kodeks loyihasi jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring