“Lixiang L9” mashinasidan noqonuniy reklamada foydalangan haydovchiga chora koʻrildi
Andijonda mashinasidan qonunga zid ravishda reklamada foydalangan haydovchiga chora koʻrildi. Bu haqda Andijon YHXB matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2025-yil 28-avgust kuni, 1993-yilda tugʻilgan haydovchi A.X. oʻziga tegishli boʻlgan “Lixiang L9” rusumli transport vositasining tashqi yuzasiga tegishli ruxsatsiz, qonunchilik hujjatlariga mos kelmaydigan, oynalariga reklama qoplab olib harakatlangan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, jamoatchilikning eʼtirozlariga sabab boʻlgan.
Mazkur qoidabuzarlik yuzasidan haydovchiga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.
Avvalroq Migratsiya agentligi fuqarolarni litsenziyasiz xorijga ishga joʻnatish bilan shugʻullanayotgan kompaniyalardan ehtiyot boʻlishga chaqirgani toʻgʻrisida xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring