“Liverpul” vafot etgan futbolchisining 2-yillik maoshini toʻlab beradi – The Mirror
28 yoshli Portugaliya terma jamoasi va “Liverpul” futbolchisi Diogo Jota joriy hafta boshida Ispaniyaning Zamora viloyatida roʻy bergan avtohalokatda vafot etdi. Liverpul klubi rahbarlari futbolchining shartnomasi amal qiladigan 2027-yilgacha uning oilasiga maoshini toʻlab turishini bildirdi. Bu haqda “The Mirror” yozmoqda.
Maʼlumki, Jota va uning ukasi harakatlanayotgan Lamborghini avtomobili tezlikni oshirib, boshqa transport vositasini quvib oʻtishga uringanida, shinalardan biri yorilib ketgan. Natijada mashina yoʻldan chiqib ketib, yonib ketgandi.
“Liverpul” klubi Jotaning vafoti munosabati bilan rasmiy bayonot eʼlon qilib, uning oilasi, yaqinlari va jamoaga chuqur hamdardlik bildirgan.
Bayonotda shunday deyiladi: “Liverpul klubi Diogo Jotaning fojiali oʻlimidan larzaga keldi. Klub 28 yoshli futbolchining Ispaniyada avtohalokatda vafot etgani haqida maʼlumot oldi. Biz uning oilasiga toʻliq yordam koʻrsatamiz va ularning shaxsiy hayotiga hurmat bilan yondashishni soʻraymiz”.
Shuningdek, klub mavsum oldidan rejalashtirgan ayrim tadbirlarini ham bekor qilgani aytilmoqda. Hozircha boshqa tafsilotlar maʼlum emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring