“Liverpul” Angliya kubogining 4-bosqichiga yoʻl oldi
Kecha, 12-yanvar kuni Angliya Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkazilayotgan Angliya kubogi musobaqasining 3-bosqich oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Liverpul” klubi oʻz maydonida uchinchi divizion vakili “Barnsli” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv 4:1 hisobida Arne Slot boshchiligidagi jamoaning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 9-daqiqada Dominik Soboslai tomonidan ochildi. 36-daqiqada Jeremi Frimpong hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirgan boʻlsa, oradan 4 daqiqa oʻtib, Adam Filips hisobni qisqartirdi. Birinchi boʻlim 2:1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 84-daqiqasida Florian Virts “mersasaydliklar”ning uchinchi golini kiritdi. Hakam tomonidan ikkinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda Yugo Ekitike oʻyindagi soʻnggi golni oʻz hisobiga yozdirib qoʻydi.
Yakuniy hisob 4:1, “Liverpul” musobaqaning 4-bosqichiga yoʻl oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring