Litva Belarus ustidan Xalqaro jinoiy sudga shikoyat qildi
Arxiv foto
Litva hukumati Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xalqaro jinoiy sud (Gaaga)ga murojaat qilib, Belarusni noqonuniy migratsiyani tashkil etishda ayblamoqda. Bu haqda DW nashri xabar berdi.
2025-yil 19-may kuni Litva Tashqi ishlar vazirligi bu haqda rasmiy bayonot berdi. Unga koʻra, Belarus hukumati Litva hududiga noqonuniy migrantlar oqimini ataylab tashkil etib, xalqaro qonunchilikni buzgan. Daʼvo BMTning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasini toʻldiruvchi noqonuniy migratsiyaga qarshi protokol doirasida koʻrib chiqilishi soʻralgan.
Litva TIV maʼlumotlariga koʻra, 2021-yildan boshlab Belarusdan Litvaga kirayotgan noqonuniy migrantlar soni keskin oshgan. Rasmiy Vilnyus Belarus davlat kompaniyalari Yaqin Sharq va boshqa mintaqalardan koʻproq aviareyslar tashkil etganini, migrantlarga vizalar berilganini va ularni Belarus ichida joylashtirish ishlari ham hukumat darajasida uyushtirilganini bildirmoqda.
Shuningdek, Belarus xavfsizlik kuchlari koʻplab migrantlarni Litva chegarasigacha yetkazib borib, ularni xavfli sharoitlarda noqonuniy ravishda chegarani kesib oʻtishga majbur qilgan.
Litva tomoni Belarusdan ushbu harakatlarni toʻxtatishni soʻrab, hamkorlik taklif qilgan boʻlsa-da, Minsk bu takliflarni rad etgan. Litva TIV bu harakatlarni Belarus hukumati tomonidan Yevropa Ittifoqi va Litvaga nisbatan siyosiy bosim sifatida baholayapti.
Litva Xalqaro jinoiy suddan Belarusni javobgarlikka tortishni, yetkazilgan moddiy va siyosiy zararni toʻliq qoplashni, xususan, migrantlar oqimini toʻxtatish uchun qurilgan devor xarajatlarini ham qoplab berishni soʻragan. Shuningdek, Litva kelgusida bunday harakatlar takrorlanmasligi uchun xalqaro darajada kafolatlar berilishini talab qiladi.
Maʼlumot uchun, 2024-yilda ham Litva Belarus hukumati tomonidan insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etilgani yuzasidan Xalqaro jinoiy sudga murojaat qilgan edi. Ayni vaqtda Vilnyusda Yevropa Kengashining Belarus fuqarolari uchun axborot markazi ish boshlashi rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring