Lissabonda funikulyorning relsdan chiqib ketishi oqibatida 15 kishi halok boʻldi

11:36 04 Sentyabr 2025 Dunyo
310 0

Foto: Reuters

Portugaliyaning Lissabon shahrida “Elevador da Gloriya” funikulyorining relsdan chiqib ketishi oqibatida 15 kishi halok boʻldi. Yana 23 kishiga tan jarohati olgan, ulardan besh nafarining ahvoli ogʻirligi aytilmoqda.

“Yoʻl-transport hodisasi natijasida 15 kishi halok boʻldi, 23 kishi jarohat oldi, ulardan besh nafarining ahvoli ogʻir”, — deyiladi “Observador” gazetasi xabarida.

Manbaga koʻra, halok boʻlganlar orasida Portugaliya fuqarolari va xorijliklar ham bor. Xususan, halok boʻlganlardan biri Germaniya fuqarosi ekanligi maʼlum qilingan. Uning rafiqasi yaralangan va reanimatsiyada, ularning uch yoshli bolasi qutqarib olindi.

“Elevador da Gloriya” funikulyori Lissabon markazini Barrio Alto tumani bilan bogʻlaydi. U XIX asrda ochilgan va 2002-yilda milliy yodgorlik deb eʼlon qilingan. Har yili undan uch milliondan ortiq yoʻlovchi foydalanadi.

“Elevador da Gloriya” funikulyori 2018-yilda ham relsdan chiqib ketgan edi.

Portugaliya prezidenti Marselu Rebelu de Souza halok boʻlganlarning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildirdi va jarohatlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tiladi. Shuningdek, u vakolatli organlarni ofat sabablarini tezda aniqlashga chaqirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер