Leonel Messi MLSda “oy futbolchisi” deb topildi
Leonel Messi MLS ligasining oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda musobaqaning rasmiy saytida xabar berildi.
Argentinalik hujumchi oktyabr oyi davomida 3 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Bu — Messining joriy mavsumda uchinchi, umumiy faoliyatidagi esa beshinchi “oy futbolchisi” unvoni boʻldi. U MLS tarixida ikki mavsum ichida bu sovrinni 5-marta qoʻlga kiritgan ilk futbolchi sifatida tarixga kirdi.
Shuningdek, Leonel Messi liga tarixida bir mavsumda uch marta “oy futbolchisi” boʻlgan atigi uchinchi oʻyinchi boʻldi. Bungacha bu yutuqqa Kris Vondolovski (2012) va Karlos Vela (2019) erishgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring