Lavlagi immunitetni mustahkamlaydi

Qizil lavlagi salomatlik va uzoq umr koʻrishga katta taʼsir koʻrsatadi.
Tarkibidagi vitamin A va vitamin R tomirlarni qayishqoq va mayin qiladi, yurak-tomir kasalliklari, ayniqsa, gipertonik xastaliklar rivojlanishining oldini oladi. Lavlagida «betain» degan organik modda bor. U qondagi xolesterin darajasini pasaytiradi, jigar ishini meʼyorlashtiradi.
Bu neʼmat tarkibidagi vitamin S organizmning infeksion va shamollash kasalliklariga qarshilik kuchini oshirib, immunitetning mustahkamlanishida koʻmaklashadi.
Zamonaviy tabobatda qizil lavlagi meʼda-ichak, jigar, oʻt yoʻllari kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Sharbati — kuchli oʻt haydash xususiyatiga ega. Pishirilgani — qabziyatda yaxshi yordam beradi, bu neʼmat ayniqsa kamqonlikda foydali. Sharbati hazm jarayonini yaxshilash barobarida moddalar almashinuvida ham faol ishtirok etadi. Qandli diabet, qabziyat, kamqonlik, ateroskleroz, tireotoksikoz singari dardlarni tuzatishda yordam beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring