Lamin Yamal “Real”ga yoʻq dedi. Figo ham boshida shunday degandi
Foto: Illustrativ
“Barselona” va Ispaniya terma jamoasining aʼzosi Lamin Yamal Germaniyada boʻlib oʻtayotgan “Yevro-2024”da yaxshi oʻyin koʻrsatmoqda. U gol ura olmaganiga qaramay, 11 ta zarba yoʻllab, 2 ta golli uzatmani amalga oshirib, oʻz mahorati va salohiyatini namoyish etdi.
“El Chiringuito” nashriga bergan intervyusida Yamal oʻzining kelajagi va “Barselona”ga sodiqligi haqida gapirdi. 1 dan 10 gacha boʻlgan shkala boʻyicha u qanchalik “Barselona” muxlisi ekanligi haqida soʻralganda, u ishonch bilan “10” deb javob berdi va “Real Madrid”da hech qachon oʻtmasligini aytdi.
Uning bu javobi ijtimoiy tarmoqlarda istehzo bilan qabul qilindi. Ayrim “Real Madrid” muxlislari Yamalning soʻzlariga javoban portugaliyalik afsona Luish Figuning voqeasini eslashgan va agar “Real” istasa, uni Madridga olib kela olishlarini, ammo Yamaldan isteʼdodliroq futbolchilarning borligini aytib oʻtishgan.
Eslatib oʻtamiz, 2000-yilda Luish Figuning “Barselona”dan “Real”ga oʻtishi futbol tarixidagi eng bahsli va shov-shuvli harakatlardan biri boʻlgan. “Real Madrid” Figu uchun transfer pulini 62 million yevrogacha koʻtardi va u oʻsha paytdagi dunyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi.
Figuni Katoloniyada juda yaxshi koʻrishar, uning oʻzi navbatida klubdan hech qachon ketmasligini koʻp bora aytgandi.
Lamin Yamal oʻtgan mavsumda “Barselona” safida jami 51 ta oʻyin oʻtkazib, 7 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining “Barselona” bilan shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi.
Avvalroq, Messi Yamal haqda ijobiy fikrlar bildirgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring