Lamin Yamal “Barselona”ning magʻlubiyatiga izoh berdi
“Barselona” jamoasi vingeri Lamin Yamal Chempionlar Ligasi yarim final javob uchrashuvidan soʻng muxlislarga murojaat yoʻlladi. Bu haqda mashhur jurnalist Fabritsio Romano oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi. Yamalning soʻzlariga koʻra, “Barselona” jamoasi bor kuchini sarfladi, ammo bu safar omad raqib tomonida boʻldi.
Yamal oʻz chiqishida: “Bor kuchimizni sarfladik, lekin omad raqib tomonda boʻldi. Ishonch bilan aytaman — biz qaytamiz. Futbolchilar «Barselona”ni oʻz oʻrniga, eng yuqori choʻqqiga olib chiqmaguncha toʻxtamaydi. Men vaʼdamda turaman: Chempionlar Ligasi kubogini Kataloniyaga olib kelaman. Bu yoʻlda hech qachon toʻxtamayman», — deya qatʼiy fikr bildirdi.
Eslatib oʻtamiz, Chempionlar Ligasi yarim final javob uchrashuvida “Barselona” “Inter”ga qarshi maydonga tushdi. Keskin kurashlarga boy boʻlgan bahsda Kataloniya klubi qoʻshimcha boʻlimlarda 3:4 hisobida magʻlub boʻldi. Natijada ikki oʻyin yakuniga koʻra 6:7 hisobida imkoniyatni boy berib, final bosqichiga yoʻl ola olmadi.
Lamin Yamal joriy mavsumda “Barselona” safida barcha turnirlar doirasida 51 ta oʻyinda ishtirok etdi. U mazkur uchrashuvlarda 15 ta gol urib, 24 ta assist amalga oshirdi. “Transfermarkt” portalining maʼlumotlariga koʻra, yosh futbolchining hozirgi transfer qiymati 180 million yevroga teng deb baholanmoqda.
Yamalning ushbu fikrlari va gʻalabaga boʻlgan qatʼiy ishonchi “Barselona” muxlislari uchun motivatsion ruh bagʻishlashi shubhasiz. Uning fidoyiligi va jamoaga sadoqati klubning kelajakdagi muvaffaqiyatlariga asos boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring